Oʻzbekiston va Pokiston toʻqimachilik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Pokiston toʻqimachilik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Pokiston toʻqimachilik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Pokiston Islom Respublikasining Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi (Hosiery Manufacturers and Exporters Association) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Pokiston tomoniga mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, soliq va bojxona imtiyozlari, zamonaviy infratuzilma hamda tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishning amaldagi mexanizmlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Pokistonlik tadbirkorlar so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanayotganini e’tirof etdilar. Qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda to‘qimachilik va charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, oziq-ovqat va elektrotexnika sohalari eng istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish va rejalashtirilgan investitsiyaviy tashabbuslarni hayotga tatbiq qilishning amaliy bosqichiga o‘tish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling