Oʻzbekiston Dehlida boʻlib oʻtgan BRICS uchrashuvida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Dehlida boʻlib oʻtgan BRICS uchrashuvida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Dehlida boʻlib oʻtgan BRICS uchrashuvida ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 14-15-may kunlari Dehli shahrida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev boshchiligidagi delegatsiya BRIKSga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ishtirok etdi.

Xorijiy davlatlar delegatsiyalari rahbarlari Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi tomonidan qabul qilindi.

Forum doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi BRIKS anjumani kun tartibiga kiritilgan asosiy mavzular boʻyicha oʻz nuqtayi nazarini yetkazdi. Xususan, barqaror rivojlanish jarayonida innovatsiya masalalariga urgʻu berildi, global boshqaruv tizimi, koʻp tomonlama aloqalar hamda yetakchi xalqaro tashkilotlar faoliyatini isloh qilish istiqbollariga eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan ochiq va pragmatik mintaqaviy siyosat yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlashga va yagona xavfsizlik makonini shakllantirishga xizmat qilayotgani eʼtirof etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling