Oʻzbekiston va Pokiston ilmiy hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Pokiston ilmiy hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Pokiston ilmiy hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 15-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʼngʼirotboy Sharipov Pokistonning nufuzli olimlari — akademik Mushtoq Ahmad hamda professor Shaziya Sultona bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqotda Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida, biotexnologiya, biologik xilma-xillik, ekologiya va bioenergetika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, akademik Mushtoq Ahmadning oʻsimliklar bioxilma-xilligi, iqlim oʻzgarishi, ekologik barqarorlik, biotexnologiya va “yashil” energiya yoʻnalishlaridagi 900 dan ortiq ilmiy maqolalar, oʻnlab kitob va monografiyalar muallifi. Professor Shaziya Sultona iqlimga chidamli oʻsimlik resurslari tadыiы etadi va dunyoning eng nufuzli olimlari reytingida eng taʼsirchan olimlar qatoriga kiritilgan boʻlib, 400 dan ortiq yuqori impakt-faktorli ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

Tomonlar uchrashuv davomida Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari va Pokistonning yetakchi universitetlari oʻrtasida qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, xalqaro ilmiy forumlar va laboratoriyalar tashkil etish boʻyicha fikr almashdilar.

Vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov keyingi yillarda Oʻzbekistonda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan islohotlar izchil davom etayotganini taʼkidlab, Pokiston olimlari bilan hamkorlik ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy diplomatiyani mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling