O'zbekistonda City & Guilds malaka baholash markazlari tashkil etiladi
O'zbekistonda City & Guilds malaka baholash markazlari tashkil etiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qariyb 150 yillik tajribaga ega, professional taʼlim standartlari hamda 1 400 dan ortiq oʻquv dasturlarini ishlab chiqqan “City & Guilds” tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Mazkur memorandum asosida Oʻzbekistonda xalqaro miqyosda tan olingan va 80 dan ortiq davlatda faoliyat yurituvchi “City & Guilds” malaka baholash markazlari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Hamkorlik professional taʼlim sifatini xalqaro standartlar asosida yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar va mutaxassislarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.