Oʻzbekistonda “Pharma Eurasia” koʻrgazmasida tibbiy turizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekistonda “Pharma Eurasia” koʻrgazmasida tibbiy turizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekistonda “Pharma Eurasia” koʻrgazmasida tibbiy turizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Pharma Eurasia & Med Tech 2026" ko‘rgazmasi doirasida navbatdagi uchrashuv cog‘liqni saqlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida "International Chamber of Healthcare and Medical Tourism" tashkiloti vakillari bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tashkilotning xalqaro ekspertlarini O‘zbekistonga jalb qilish, mamlakatimiz tibbiy infratuzilmasining joriy holati bilan tanishish, shuningdek, klinikalar va tibbiyot muassasalari faoliyatini tahlil qilish hamda ekspert bahosini berish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zbekiston tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, tibbiy infratuzilmani modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot taqdim etildi.

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish istiqbollari, mamlakatning mintaqaviy tibbiy xizmatlar markazi sifatidagi salohiyati, xorijiy patsiyentlarni jalb qilish imkoniyatlari hamda milliy tibbiyot sohasini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar tajriba almashish, xalqaro standartlarni joriy etish va uzoq muddatli ekspertlik hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar sog‘liqni saqlash va tibbiy turizm sohasida konstruktiv muloqotni davom ettirish hamda o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling