O‘zbekistonda banan importi 44,7 foizga oshdi

O‘zbekistonda banan importi 44,7 foizga oshdi

O‘zbekistonda banan importi 44,7 foizga oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan umumiy qiymati 20,4 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 69 ming tonna banan import qilindi.

2025 yilning shu davriga nisbatan import hajmi 21,3 ming tonnaga oshgan bo‘lib, bu 44,7 foizlik o‘sishni tashkil qildi.

O‘zbekistonga banan yetkazib beruvchi asosiy davlat sifatida Ekvador qolmoqda. Ushbu mamlakatdan 53,5 ming tonna mahsulot import qilingan.

Keyingi o‘rinlarda Xitoy — 11,1 ming tonna, Turkiya — 3,4 ming tonna, Rossiya — 404,3 tonna hamda boshqa davlatlar jami 555,8 tonna mahsulot yetkazib bergan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling