Oʻzbekiston va ZTE maʼlumotlar markazini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va ZTE maʼlumotlar markazini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va ZTE maʼlumotlar markazini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ZTE kompaniyasi Katta vitse-prezidenti Chjan Jianpeng bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish, Data markazlar loyihalarini rivojlantirish, raqamli infratuzilmaning barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Data markaz tashkil etishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. 

Muloqotda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik hamkorlik, telekommunikatsiya sohasidagi qo‘shma tashabbuslar hamda chekka hududlarni telekom xizmatlari bilan qamrab olish masalalari ham muhokama qilindi. 

Xususan, mamlakatning olis hududlarida raqamli infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan fikrlar almashildi.

Shuningdek, ZTE tomonidan O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi uzoq yillik hamkorlik tajribasi, mamlakatda amalga oshirilgan infratuzilma loyihalari va tarmoq modernizatsiyasi bo‘yicha ishlar haqida ma’lumot berildi. 

Shu bilan birga, O‘zbekiston operatorlari xalqaro Speedtest reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallamoqda va bu mamlakatda raqamli infratuzilma jadal rivojlanayotganini ko‘rsatishi qayd etildi.

Uchrashuvda mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish, ZTE bilan birgalikda mamlakatni mintaqa uchun xizmat ko‘rsatuvchi mintaqaviy xab sifatida rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling