Andijon va Xaynan hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar
Andijon va Xaynan hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Viloyat rahbari tashrif doirasida Xaynan provinsiyasi gubernatori Lyu Syaomin hamda boshqa rasmiy shaxslar, shuningdek, ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Andijon viloyati va Xaynan provinsiyasi o‘rtasida ko‘p tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida ikki hudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, innovatsiyalar, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya tizimi hamda turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Xaynan provinsiyasidan Andijonga maxsus reyslarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasi doirasida alohida loyihalarni amalga oshirish va barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlik bitimlari imzolandi.