Oʻzbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Xitoy mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yilning 21–22-may kunlari Sian shahrida (XXR) Uchinchi Oʻzbekiston-Xitoy hududlararo forumi boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Xitoy tomoni hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbir oʻzaro ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va investitsiyalarni jalb etish maqsadida 2 000 ga yaqin delegatni bir davraga jamladi.

«Ipak yoʻli» koʻrgazmasi bilan hamohang tarzda oʻtgan forumning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Jamshid Xodjayev, Shensi muzofoti rahbariyati, ikki mamlakat hududlari rahbarlari hamda vazirlik va idoralari rahbarlari nutq soʻzladi.

Maʼruzachilar ikki tomonlama sheriklik munosabatlari strategik ahamiyatga ega ekanini alohida eʼtirof etdilar. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 18 milliard dollarga yetgan boʻlsa, oʻtgan yil yakunlariga koʻra Xitoyning Oʻzbekistonga kiritgan investitsiyalari miqdori 17 milliard dollarni tashkil qildi.

Forum doirasida joriy yilning 25-mayiga qadar maydoni 2 000 kvadrat metrni egallagan «Oʻzbekiston milliy pavilyoni» faoliyat koʻrsatadi. Ushbu pavilyon respublikamizning eksport, turizm va investitsiyaviy salohiyatini keng namoyish etmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida forum dasturi yashil iqtisodiyot, raqamlashtirish, innovatsiyalar va qishloq xoʻjaligi masalalariga bagʻishlangan shoʻba majlislari bilan davom etdi.

Samarali muzokaralar yakunida tomonlar uzoq muddatli hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan investitsiyaviy va kooperatsiya loyihalari boʻyicha bir qator kelishuvlarni imzoladilar.

Nutqlarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanayotgani, hududlararo hamkorlikning yangi iqtisodiy o‘sish nuqtalarini shakllantirishdagi ahamiyati, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ikki mamlakat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yana-da kengaytirish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Ma’lumot uchun: oxirgi besh yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 3 barobarga oshib, o‘tgan yil yakuni bilan salkam 18 milliard dollarni tashkil etdi, shu bilan birga, Xitoydan O‘zbekistonga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 5 barobarga ko‘payib, 2025-yilda 17 milliard dollarga yetdi. Bugungi kunda mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokida 5 400 dan ortiq qo‘shma korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, xitoylik sheriklar bilan energetika, kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi hamda infratuzilma sohalarida qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda.

Forum doirasida Sian xalqaro ko‘rgazmalar markazida 21-25 may kunlari umumiy maydoni 2 000 kv.m bo‘lgan “O‘zbekiston milliy pavilioni” tashkil etildi. Pavilionda milliy mahsulotlar, hududlarning eksport va investitsiya salohiyati, turizm, madaniyat
va hunarmandchilik imkoniyatlari hamda taʼlim sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar namoyish etilmoqda. Milliy pavilyon xorijiy investorlar va biznes vakillarining katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Ko‘rgazmaga 10 mingdan ortiq qatnashchilarni tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Forumning ikkinchi yarmida bir qator sohaviy panel sessiyalar, jumladan, iqtisodiy, savdo va investitsiyaviy hamkorlik, ilmiy-texnik innovatsiyalar va “yashil” taraqqiyot sohasidagi hamkorlik, zamonaviy qishloq xo‘jaligi hamda turizm sohalaridagi hamkorlik, shuningdek, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik forumlari tashkil etildi.

Ushbu sessiyalarda yashil iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, savdoni yengillashtirish, innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, turizm va tadbirkorlik sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, qator investitsiya va kooperatsiya loyihalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Forum yakunlari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida hududlararo hamkorlikni yana-da mustahkamlash, iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling