Farg‘ona viloyati va Eron hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Farg‘ona viloyati va Eron hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Farg‘ona viloyati va Eron hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda Farg‘ona viloyati hamda Eron hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy sohalardagi munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani alohida taʼkidlandi.

Farg‘ona viloyati va Eronning Mozandaron viloyati o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan jadallashtirish, hududlar o‘rtasida onlayn muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, savdo uyini tashkil etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, Marg‘ilon shahrida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida Farg‘ona viloyati va Eron kompaniyalari o‘rtasida qator istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni yana-da kengaytirish yuzasidan muzokaralarni davom ettirishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling