Farg‘ona viloyati Hui Di Investment bilan investitsiyalarni muhokama qildi

Farg‘ona viloyati Hui Di Investment bilan investitsiyalarni muhokama qildi

Farg‘ona viloyati Hui Di Investment bilan investitsiyalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Hui Di Invetcment” kompaniyasi direktori Tang Veyni qabul qildi.

Mazkur kompaniya qurilish va shahar infratuzilmasi loyihalari, ko‘chmas mulk, mehmonxona hamda servis xizmatlari yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.

Muloqotda kompaniya faoliyatidan kelib chiqib, Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli turar-joylar va mehmonxona majmualarini barpo etish, taʼlim muassasalari qurish bo‘yicha rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari ilg‘or zamonaviy va innovatsion loyihalarni hamda istiqbolli tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini taʼkidladi. Ishlarni tez va sifatli amalga oshirish zarurligini qayd etdi.

Yakunda hamkorlik chora-tadbirlari kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling