Xorijdan nasldor qoramollarni olib kirish QQSdan ozod etiladi

Xorijdan nasldor qoramollarni olib kirish QQSdan ozod etiladi
 

Xorijdan nasldor qoramollarni olib kirish QQSdan ozod etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Chorvachilik tarmog‘i va yaylov xo‘jaligini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar chorvachilik tarmog‘ini 2026–2028 yillarda rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:

chorvachilik (go‘sht va sut) mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlash darajasini 50 foizga olib chiqish;

nasldor qoramollar ulushini 90 foizga yetkazish orqali chorva mollari mahsuldorligini oshirish va boshqalar.

2027 yil hosilidan boshlab paxta va boshoqli don joylashtirilishi nazarda tutilgan yer maydonlarining 50 foiziga ozuqabop ekinlarni joylashtirishga ruxsat etiladi.

2026 yil 1 iyuldan2030 yil 1 yanvarga qadar aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan quyidagilar orqali olingan har bir bosh nasldor buzoq (identifikatsiya qilingan) uchun subsidiya ajratish yo‘lga qo‘yiladi:

sunʼiy urug‘lantirish orqali olinganda – 500 ming so‘mdan;

embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) orqali olinganda – 700 ming so‘mdan.

2026 yil 1 iyundan boshlab2029 yil 1 yanvarga qadar xorijdan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling