Samarqand viloyati Germaniya biznesi bilan loyihalarni muhokama qilmoqda

Samarqand viloyati Germaniya biznesi bilan loyihalarni muhokama qilmoqda

Samarqand viloyati Germaniya biznesi bilan loyihalarni muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyati hokimining birinchi o’rinbosari Sherbek Buranov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Germaniyaning Shtutgart shahriga bordi.

Tashrif davomida xalqaro qurilish, urbanistika, investitsiya va strategik konsalting yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi "V-Consult International Group" rahbari, Senat aʼzosi Manfred G.E.G. Osterwald bilan uchrashuv o’tkazildi.

Unda kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda turizmni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so’ngida Senator Manfred G.E.G. Osterwald joriy yilning avgust oyida bir guruh nemis tadbirkorlaridan iborat delegatsiya vakillari bilan Samarqand viloyatiga tashrif buyurishni va qo’shma loyihalarni amalga oshirishini maʼlum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling