O'zbekistonda jamoat fitokontrol inspektorlari joriy etiladi

O'zbekistonda jamoat fitokontrol inspektorlari joriy etiladi

O'zbekistonda jamoat fitokontrol inspektorlari joriy etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Fitosanitar nazoratni amalga oshirishda jamoatchi inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

"Fitosanitariya tartib-taomillarini soddalashtirish hamda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish jarayonlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, tadbirkorlarning yuklarini ko‘rik uchun yo‘naltiriladigan omborlarda saqlash xarajatlari 60 mlrd so‘mgacha qisqartiriladi.

Olib kirilayotgan fitosanitar xavf darajasi o‘rta tovarlar nazoratiga vaqt sarfi o‘rtacha 3 ish kunidan 1 ish kuniga qisqartiriladi.

2026 yil 1 avgustdan karantindagi mahsulotlar fitosanitariya nazoratini amalga oshirishda xavflarni boshqarishga asoslangan tanlab olishning avtomatlashtirilgan mexanizmi joriy qilinadi.

Xavflarni boshqarish tizimi “E-Fitouz” elektron portalida shakllantiriladi hamda Bojxona qo‘mitasining “Yagona darcha” BAT bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilinadi.

Shuningdek, 2026 yil avgustdan sinov tariqasida meva-sabzavotlarga ixtisoslashgan ayrim tumanlarda mahsulotlarni yetishtirishdan eksportgacha fitosanitar nazoratni amalga oshirishda jamoatchi inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2029 yil 1 yanvardan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti faqat agrologistika markazlari orqali amalga oshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling