Toshtemirov og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida uchta kumush medal oldi
Toshtemirov og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida uchta kumush medal oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Muhammadqodir Toshtemirov Hindistonda o‘tayotgan Osiyo chempionatida 96 kggacha vazn toifasida ishtirok etib, uch karra kumush medal sohibi bo‘ldi.
O‘zbekistonlik sportchi musobaqa dasturining barcha mashqlarida barqaror natija ko‘rsatdi. Dast ko‘tarish bahsida Toshtemirov 166 kg natijani qayd etdi, siltab ko‘tarishda 207 kgni zabt etdi, ikkikurash yig‘indisi bo‘yicha esa 373 kg natija ko‘rsatdi.
Ushbu ko‘rsatkichlar unga o‘z vazn toifasidagi musobaqalarning barcha yo‘nalishlarida shohsupaga ko‘tarilish va uchta kumush medalni qo‘lga kiritish imkonini berdi.
Toshtemirovning ishtiroki O‘zbekiston terma jamoasi uchun joriy og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatidagi eng muvaffaqiyatli natijalardan biri bo‘ldi.