Anvar Anvarov Brilliant ligasi bosqichida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Anvar Anvarov Brilliant ligasi bosqichida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shanxay shahrida yengil atletika bo‘yicha nufuzli musobaqalar turkumi — «Brilliant ligasi»ning yangi mavsumi start oldi. Unda O‘zbekiston vakili Anvar Anvarov erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Finalda Anvarov 8,01 metr natija qayd etib, uchinchi o‘rinni egalladi va bosqich sovrindorlari qatoridan joy oldi.
Musobaqa g‘olibi italiyalik yengil atletikachi Mattia Furlani bo‘ldi. U 8,43 metr natija ko‘rsatdi. Ikkinchi o‘rinni esa bolgariyalik Bojidar Saraboyukov 8,07 metr natija bilan egalladi.
O‘zbekistonlik sportchi uchun ushbu natija yengil atletika bo‘yicha eng kuchli xalqaro turnirlardan biridagi mavsumning muvaffaqiyatli boshlanishi bo‘ldi.