Toshkent viloyatida 10 kg kumushning noqonuniy savdosi to'xtatildi

Toshkent viloyatida 10 kg kumushning noqonuniy savdosi to'xtatildi

Toshkent viloyatida 10 kg kumushning noqonuniy savdosi to'xtatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Bojxona organlari hamkorligida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qimmatbaho metallning noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi.

Xususan, Toshkent shahrida yashovchi 1992 y.t. shaxs 13 dona quyma bo‘laklarda bo‘lgan, jami 10 kg 35 gr kumushni maxsus xaridorga 20,8 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tegishli baholash xulosasiga ko‘ra, ushbu metallning umumiy qiymati 235 mln 229 ming so‘mni tashkil etadi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ xodimi ekanligi aniqlanib, ushbu MCHJda oltin va kumush mahsulotlariga qayta ishlov berilayotgani, biroq affinaj (qazib olingan ruda konsentrati yoki ikkilamchi xom ashyo tarkibidagi qimmatbaho metallarni turli kimyoviy aralashmalardan tozalab, yuqori darajadagi toza metallni ajratib olish jarayoni) faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsati yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu manzilda umumiy qiymati 3 mlrd 483 mln so‘mlik 58 kg kumush va 2,2 kg oltin borligi aniqlandi.

Hozirda qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling