Sian shahrida Oʻzbekiston “Made in Uzbekistan” pavilonini ishga tushirdi

Sian shahrida Oʻzbekiston “Made in Uzbekistan” pavilonini ishga tushirdi

Sian shahrida Oʻzbekiston “Made in Uzbekistan” pavilonini ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 21–22-may kunlari Sian shahrida bo‘lib o‘tayotgan III O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi doirasida “Made in Uzbekistan” Milliy pavilyoni o‘z eshiklarini ochdi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning bosh omili sifatida Alibaba.com xalqaro platformasida milliy pavilyonning ishga tushirilishi hamda “Alibaba 100 akseleratori” dasturiga start berilidi.

Alibaba marketpleysi bilan integratsiyalashuv o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarga tayyor raqamli vitrina va platformada alohida sahifaga ega bo‘lish imkonini taqdim etadi.

Bu xalqaro xaridorlarning “Made in Uzbekistan” brendiga bo‘lgan ishonchini oshiradi, kichik va o‘rta biznes uchun jahon bozorlarini ochadi, shuningdek, zamonaviy elektron tijorat kanallari orqali milliy eksportni qo‘llab-quvvatlashning quvvatli vositasiga aylanadi.

Tadbirkorlarning birinchi guruhi loyihada ishtirok etmoqda. Kelgusida Alibaba platformasidagi o‘zbekistonlik ishtirokchilar safi yanada kengayadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling