O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqti eʼlon qilindi
O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi vaqti eʼlon qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda 27 may kuni nishonlanadigan Qurbon hayiti munosabati bilan bayram namozi vaqtlarini eʼlon qildi.
Bayram namozi respublikadagi barcha masjidlarda o‘qiladi. Hududlarda namoz boshlanish vaqti 05:05 dan 05:55 gacha etib belgilangan.
Eʼlon qilingan jadvalga ko‘ra, hayit namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:
Andijon viloyati — 05:05;
Namangan viloyati — 05:05;
Farg‘ona viloyati — 05:05;
Toshkent shahri — 05:10;
Toshkent viloyati — 05:10;
Sirdaryo viloyati — 05:20;
Jizzax viloyati — 05:20;
Samarqand viloyati — 05:30;
Surxondaryo viloyati — 05:30;
Qashqadaryo viloyati — 05:35;
Navoiy viloyati — 05:35;
Buxoro viloyati — 05:35;
Xorazm viloyati — 05:50;
Qoraqalpog‘iston — 05:55.