O‘zbekiston muzqaymoq importini 3,3 mln dollarga yetkazdi

O‘zbekiston muzqaymoq importini 3,3 mln dollarga yetkazdi

O‘zbekiston muzqaymoq importini 3,3 mln dollarga yetkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–mart oylarida O‘zbekiston sakkizta xorijiy davlatdan jami 3,3 mln AQSH dollari qiymatida muzqaymoq import qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlarida keltirilgan.

2025 yilning shu davriga nisbatan import qiymati qariyb 1,9 mln dollarga oshgan. Bu esa ushbu turdagi mahsulotlarni ichki bozorga yetkazib berish hajmi sezilarli darajada ko‘payganini ko‘rsatadi.

Asosiy yetkazib beruvchi davlatlar qatorida Rossiya 275,3 tonna bilan birinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘istondan 139 tonna, Xitoydan 46,2 tonna, Belarusdan 20,2 tonna va Fransiyadan 17,6 tonna muzqaymoq import qilingan.

Boshqa davlatlardan yetkazib berilgan mahsulotlar hajmi 13,3 tonnani tashkil etgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling