Oʻzbekistonlik senator “Rossiya – Islom dunyosi: QozonForum 2026” xalqaro forumida ishtirok etdi
Oʻzbekistonlik senator “Rossiya – Islom dunyosi: KazanForum 2026” xalqaro forumida ishtirok etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kobul Tursunov Rossiyaning Qozon shahrida bo‘ltb o‘tgan “Rossiya – Islom dunyosi: QozonForum 2026” XVII xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli anjumanda 100 ga yaqin davlat vakillari, xalqaro tashkilotlar, biznes doiralari hamda ekspertlar iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-logistika yo‘laklarini takomillashtirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Tadbir doirasida Yevroosiyo makonida sanoat kooperatsiyasi, “yashil” energetika, innovatsion texnologiyalar va islom moliyasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, hududlararo aloqalarni mustahkamlash va yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.