Oʻzbekiston va Belarus ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Belarus ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 25-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmanov Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashdi.
Muloqot davomida tomonlar Oʻzbekiston–Belarus munosabatlarini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, shuningdek, oliy va yuqori darajalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildi.
2026-yil 19-may kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi Hukumatlararo komissiyaning oʻn ikkinchi yigʻilishi yuqori baholandi. Uning yakunlari savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni izchil mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar turli darajalarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.