AQSHdan qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
AQSHdan qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSHdan O‘zbekistonga 2023 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan fuqaro deportatsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nyu-York shahrida aniqlanib, qo‘lga olingan.
Maʼlum qilinishicha, ushbu shaxs 2023 yilda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat — narkotik vositalar, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadisiz noqonuniy tayyorlash, sotib olish, saqlash va boshqa harakatlarni sodir etganlikda gumon qilinib qidiruvga berilgan.
Fuqaro ushlanganidan so‘ng belgilangan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.