Senat Oʻzbekistonning Yangi Taraqqiyot Bankiga qoʻshilishini maʼqulladi

Senat Oʻzbekistonning Yangi Taraqqiyot Bankiga qoʻshilishini maʼqulladi

Senat Oʻzbekistonning Yangi Taraqqiyot Bankiga qoʻshilishini maʼqulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning o‘n beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Yangi taraqqiyot banki to‘g‘risidagi Bitimga (Fortaleza, 2014-yil 15-iyul) qo‘shilishi haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, Bitimning asosiy maqsadi – investitsiya faoliyati orqali ishtirokchi davlatlarning o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini kengaytirishga ko‘maklashishdir.

Yangi taraqqiyot bankiga aʼzo bo‘lish mamlakatimiz uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilma va barqaror rivojlanish sohalaridagi yirik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Bank davlat va xususiy sektor loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kreditlar ajratish, kafolatlar berish va investitsiya kiritish kabi zamonaviy moliyaviy instrumentlardan foydalanadi.

Senatorlarning fikricha, Qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorligini kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilishga, shuningdek, mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini taʼminlash hamda infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.

Senatorlar Qonunni maʼqulladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling