Samarqand Digital Hub San-Fransiskoda ochildi

Samarqand Digital Hub San-Fransiskoda ochildi

Samarqand Digital Hub San-Fransiskoda ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQShning San Francisco shahrida “Samarqand Digital Hub” innovatsion markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Uning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, bu yerda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, texnologik imkoniyatlar hamda startaplar uchun taqdim etilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Yangi markaz ish boshlagan ilk kundayoq "Humonola Inc" kompaniyasi bilan startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Mazkur kelishuv yosh o‘zbekistonlik dasturchilar va innovatorlar uchun o‘z g‘oyalarini global miqyosda, xususan, AQSh bozorida ilgari surish imkoniyatlarini kengaytiradi.

“Samarqand Digital Hub” nafaqat IT va startap ekotizimini rivojlantirishga xizmat qiladi, balki texnologik hamkorlikni mustahkamlashda ham muhim platformaga aylanishi kutilmoqda.

Markaz orqali Samarqand viloyatidagi yoshlarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni xalqaro investorlar va texnologik hamjamiyat bilan bog‘lash maqsad qilingan.

Shu tariqa, yangi markazning ochilishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling