O‘zbekiston 4 oyda 4 milliondan ortiq turistni qabul qildi

O‘zbekiston 4 oyda 4 milliondan ortiq turistni qabul qildi

O‘zbekiston 4 oyda 4 milliondan ortiq turistni qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 4 048 417 nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkich 930,8 ming nafarga yoki 29,9 foizga oshgan. Idora mamlakatga turistlar oqimi barqaror o‘sib borayotganini taʼkidladi.

Eng ko‘p tashrif qo‘shni davlatlar fuqarolari hissasiga to‘g‘ri keldi. Qirg‘iz Respublikasi 1 141 581 nafar turist bilan birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyin Tojikistondan 965 488 nafar va Qozog‘istondan 935 003 nafar fuqaro tashrif buyurgan.

Eng yirik beshta turistik bozor qatoriga shuningdek Rossiyadan 341 842 nafar va Afg‘onistondan 161 537 nafar mehmon kirdi. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (132 240), Turkmaniston (108 433), Turkiya (57 686), Hindiston (16 057) va Koreya Respublikasi (12 145) joy olgan.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling