Oʻzbekiston va Serbiya mehnat migratsiyasini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Serbiya mehnat migratsiyasini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Serbiya Respublikasining mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy siyosat vaziri Milisa Stamenkovski bilan uchrashdi.
M.Stamenkovski O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, ikki tomonlama hamkorlik izchil rivojlanayotganini ta’kidladi.
Muloqot davomida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik, migratsiya bo‘yicha hukumatlararo bitimni imzolash, viza tartib-taomillarini soddalashtirish hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Tomonlar o‘zaro sheriklikni mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.