Oʻzbekiston va Qatar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Qatar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Qatar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qatar Tashqi savdo ishlari bo‘yicha davlat vaziri Ahmad bin Muhammad Al-Said boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Qatar davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim, Qatar Savdo va sanoat vazirligi Xalqaro hamkorlik va savdo kelishuvlari bo‘yicha direktori Said Al Braydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shoxrux Gulamov va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish hamda o‘zaro manfaatli sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish, yirik qo‘shma loyihalarni ilgari surish hamda yangi tashabbuslarni shakllantirish masalalari yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Xususan, tomonlar quyidagi asosiy hamkorlik yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.

Strategik hamkorlik yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, infratuzilmaviy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish;

Davlat xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmlari doirasida hamkorlikni kengaytirish, mamlakatimizda DXSH asosida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari;

Xususiylashtirish jarayonlarida hamkorlik qilish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini yanada oshirish.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirish hamda yangi tashabbuslarni ilgari surishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling