Oʻzbekiston va Islom taraqqiyot banki loyihalar boʻyicha kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Islom taraqqiyot banki loyihalar boʻyicha kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Islom taraqqiyot banki loyihalar boʻyicha kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 21-may kuni Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vaziri Laziz Kudratov Islom taraqqiyot bankining Olmaotadagi mintaqaviy xabi rahbari Ali Muhammad Xon bilan uchrashdi.

Ushbu muloqot ITB missiyasining Oʻzbekistonga uch kunlik tashrifining yakunlariga bagishlandi. Oʻz safari davomida missiya vakillari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar, yangi tashabbuslar, investitsiyaviy imkoniyatlar hamda dasturlar bilan yaqindan tanishdilar. Suhbat chogʻida tomonlar hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli rejalarini atroflicha muhokama qildilar.

Bugungi kunda Oʻzbekiston va ITB guruhi oʻrtasidagi sheriklik portfeli mintaqada eng jadal rivojlanayotgan koʻrsatkichlardan biri boʻlib, 5 milliard dollardan oshdi. Buning ustiga, hozirgi vaqtda ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng boʻlgan 20 ta yangi loyihani hayotga tatbiq etish imkoniyatlari koʻrib chiqilmoqda. Oʻzaro samarali hamkorlik transport infratuzilmasi, energetika, suv resurslarini boshqarish, sogʻliqni saqlash, taʼlim va qishloq xoʻjaligi kabi eng muhim sohalarni qamrab olgan.

Uchrashuv yakunida Istiqbolli investitsiya loyihalari dasturi imzolandi. Mazkur hujjat bilan tomonlar yangi hamkorlik strategiyasiga asos boʻladigan boʻlajak loyihalar roʻyxatini (Pipeline of projects) tasdiqladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling