Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 18/02/2025 Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida Yoshlar ishlari agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari belgilangan manbalar hisobidan 100 million AQSH dollari ekvivalentiga teng summaga yetkaziladi.

Jamg‘arma ko‘magida kamida 50 ming nafar yoshlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish uning faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Belgilangan daryo, kanal va sohil bo‘ylarida xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar va dam olish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha biznes loyihalarni joylashtirish uchun o‘rnatilgan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish orqali yer uchastkalari ajratiladi.

Yoshlar ishlari agentligining Jamg‘armaga ajratiladigan mablag‘lari hisobidan Jamg‘arma huzurida ustav fondi 10 million AQSH dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtiradigan venchur jamg‘arma tashkil etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling