Yil boshidan buyon so‘m kursi 2,26%ga mustahkamlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 19 iyun holatiga ko‘ra, AQSH dollari kursi 12 613 so‘mgacha tushdi. Bu shunday anglatadiki, so‘nggi haftada so‘m 0,21%ga mustahkamlangan. O‘tgan hafta esa so‘m 1,34%ga oshgan edi. Joriy yil boshidan buyon O‘zbekiston milliy valyutasi AQSH dollariga nisbatan 2,26%ga qiymatini oshirdi.
So‘m barqarorligining asosiy omillaridan biri bu — valyutaviy tushumlar oqimining o‘sishidir. Mehnat migrantlarining rekord darajadagi pul o‘tkazmalari — 2025 yil I choragida 3,3 milliard dollar (+32% yillik hisobda), shuningdek, eksport hajmining yuqoriligi, xususan oltin eksporti hisobiga mamlakat valyuta likvidligida sezilarli o‘sishga erishdi. Shu bilan birga, import hajmi deyarli ormagan, bu esa tashqi savdo balansining ijobiy saldosini taʼminladi.
Ichki pul-kredit siyosati ham dollar kursini pasaytirishdagi qo‘shimcha omil sifatida xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki mart oyida asosiy stavkani 14%gacha oshirgan, bu esa so‘mdagi aktivlarga investitsiyalarni jozibador qildi. O‘shandan beri kreditlash bo‘yicha stavkalar o‘zgarishsiz qolgan.
Yana bir qo‘llovchi omil — rubl bilan korrelyatsiya va Rossiya bilan mustahkam savdo aloqalari. Rubl mustahkamlanayotgan va dunyoda dollar zaiflashayotgan bir paytda, so‘m kursi qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlov oldi. Shuningdek, deyarli 50 milliard dollarlik zolotovalyut zaxiralari O‘zbekiston Markaziy bankiga zarurat tug‘ilganda valyuta kursini barqarorlashtirish imkonini beradi.
Iyun oyining yangi haftasida dollar/so‘m juftligi 12 550–12 800 so‘m atrofida saqlanishi kutilmoqda.
Anna Bodrova,
“Alpari” tahlilchisi