Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyen O‘zbekistonga keldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
2 aprel kuni Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen mazkur sammitda ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Yevropa komissiyasi Prezidenti o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.