Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Moliya 05/04/2025 “Yashil” energiya koridori loyihasi: OTB va OIIB texnik-iqtisodiy asoslash uchun $2 mln ajratadi

“Yashil” energiya koridori loyihasi: OTB va OIIB texnik-iqtisodiy asoslash uchun $2 mln ajratadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) Kaspiy dengizi orqali o‘tadigan “yashil” energiya koridorini barpo etish loyihasiga qo‘shildi. Bu loyiha O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjonning energetik tizimlarini bog‘lashni nazarda tutadi. Bu haqda Ozarbayjon Energetika vazirligi maʼlum qildi.

Bayonotga ko‘ra, Boku shahrida o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida uch davlatning energetika idoralari va xalqaro moliya institutlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, OTB va OIIB tomonidan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun $2 mln mablag‘ ajratiladi.

Ushbu mablag‘lar tashabbusni amalga oshirish jarayonini jadallashtirish, loyiha uchun zarur investitsiya hajmi va kutilayotgan iqtisodiy samaralarni aniq hisoblab chiqish imkonini beradi.

Loyiha doirasida Kaspiy va Qora dengizlaridan o‘tuvchi kabel liniyasi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa Markaziy Osiyodan Yevropaga ekologik toza elektr energiyasini eksport qilishga yo‘l ochadi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjondan tashqari loyihaga Gruziya, Ruminiya, Bolgariya va Vengriya ham jalb etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Boku shahrida Yevropa ittifoqi hamkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Undatexnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlash muddatlari va YEI moliyaviy vositalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling