Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 11/04/2025 Yaponiyaning Sugi Holdings kompaniyasi O‘zbekistonda farmatsevtika zavodi qurishga qiziqish bildirmoqda

Yaponiyaning Sugi Holdings kompaniyasi O‘zbekistonda farmatsevtika zavodi qurishga qiziqish bildirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 9 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Yaponiyaning Sugi Holdings kompaniyasi prezidenti Katsunori Sugiura bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida kompaniyaning yirik dorixona tarmoqlarini boshqarishdagi tajribasini jalb etish, profilaktik tibbiy dasturlarni amalga oshirish, shuningdek, Yaponiya tibbiy mahsulotlarini O‘zbekistonga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Katsunori Sugiura O‘zbekistonda ichki talabni qondirish va qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish maqsadida farmatsevtika zavodi qurish loyihasini amalga oshirishni o‘z ichiga olgan strategik hamkorlikni o‘rnatishga qiziqish bildirdi.

Tomonlar muhokama qilingan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan alohida loyiha menedjerini tayinlash yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Maʼlumot uchun, Sugi Holdings 1976 yilda tashkil etilgan bo‘lib, farmatsevtika va tibbiyot sohasidagi kompaniyalar guruhini boshqaradi. Xolding Yaponiyada 2500 dan ortiq do‘kon va 14 ta yirik logistika markazini nazorat qiladi. Uning aksiyalari Tokio va Osaka fond birjalarida sotiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling