Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 02/06/2025 Yaponiyalik ish beruvchilar Kanagavadagi forumda o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasi va mehnatsevarligini yuqori baholashdi

Yaponiyalik ish beruvchilar Kanagavadagi forumda o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasi va mehnatsevarligini yuqori baholashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi va O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi hamkorligida Yaponiyaning Kanagava prefekturasida 80 nafar yirik yapon kompaniyalari vakillari ishtirokida ish beruvchilar forumi tashkil qilindi.

Forumda O‘zbekistonning inson resurslari salohiyati, yoshlarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash va migratsiya jarayonlarida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

Vatandoshlarimiz faoliyat yuritayotgan yapon kompaniyalari rahbarlari so‘zga chiqib, yurtdoshlarimizning tarbiyasi, mehnatkashligi va yuqori malakasini alohida eʼtirof etdi.

"Kompaniyamizda ishlayotgan O‘zbekistonliklar ko‘nikmalari va jismoniy baquvvatligi bilan alohida ajralib turadi. O‘zbekistonlik yoshlar Yaponiya mehnat bozorida eng talab yuqori mutaxassislarga aylanishiga ishonaman va Sizlarni ham shunday salohiyat egalari bilan kompaniyangizni rivojlantirishga chorlayman!", - dedi “Azbiz” kompaniyasi direktori Taku Hiyane.

Forum yakunida: ishlab chiqarish, transport va logistika, xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi sohalarida mutaxassislarni maqsadli tayyorlash hamda Yaponiyada ishga joylashtirish yuzasidan Migratsiya Agentligi va bir qator yapon kompaniyalari o‘rtasida shartnomalar imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling