Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Yanvar oyida O‘zbekiston 7,7 ming tonna magiz eksport qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil yanvar oyida O‘zbekistondan magiz eksporti 7,7 ming tonnani tashkil etdi, uning umumiy qiymati esa $9,3 mln ga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
O‘zbek mevalari asosiy bozorlari quyidagilar bo‘ldi:
— Qozog‘iston — 2 707 tonna,
— Rossiya — 823,8 tonna,
— Birlashgan Arab Amirliklari — 458,4 tonna.
Shuningdek, Turkiya (374 tonna) va Ozarbayjon (225,2 tonna)ga ham sezilarli miqdorda mahsulot yetkazib berildi. Boshqa davlatlarga jami 3 126 tonna magiz eksport qilindi.