Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Yanvar-dekabr oylarida 145 trln so‘mdan ortiq transport xizmatlari ko‘rsatildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yil yanvar-dekabr oylari davomida O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 145,12 trln so‘mni tashkil qildi. Bu 2023 yilgi ko‘rsatkichdan 8,6%ga ko‘pdir.
Oxirgi yillarda sohada barqaror o‘sish kuzatilmoqda.
2020 yilda transport xizmatlari hajmi 53,66 trln so‘mni, 2021 yilda 67,24 trln so‘mni tashkil etgan. 2022 yilda bu ko‘rsatkich 83,98 trln so‘mga yetgan.
2023 yilda transport xizmatlari hajmi 114,55 trln so‘mga yetgan bo‘lsa, 2024 yilda o‘sish davom etib, 145,12 trln so‘mdan oshdi.