Yandex Uzbekistan biznes uchun yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yandex Goʻdan restoranlar, doʻkonlar va marketpleyslar uchun moʻljallangan yechim endilikda Samarqand, Buxoro va Fargʻona vodiysida ham mavjud boʻladi. Ushbu hududlardagi kompaniyalar o‘z mijozlari uchun ekspress-yetkazib berish xizmatini osonlik bilan yo‘lga qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.
Ayni paytda bu yechim Samarqandda mavjud va yaqin oylar ichida Buxoro hamda Farg‘ona vodiysida ham ishga tushishi rejalashtirilgan. Tadbirkorlar ekspress-yetkazib berish xizmatini oson yo‘lga qo‘yish orqali yangi auditoriyani jalb qilishlari, yetkazib berish jarayonini samarali tashkil etishlari va xizmat sifati darajasini oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Mijozlar uchun esa bu yangilik koʻproq mahsulotlarni ekspress-yetkazib berish xizmati orqali buyurtma qilish imkonini anglatadi — buyurtma yuborilgan paytdan boshlab oʻrtacha bir soat ichida yetkazib beriladi. Ilgariroq oʻzingiz borib olishingiz kerak boʻlgan mahsulotlarni endilikda qulay va tez tarzda xarid qilish mumkin boʻladi. Treking vositasi orqali esa xaridorlar buyurtmaning qayerdaligini doimiy ravishda kuzatib borishlari mumkin.
Yangi yechim orqali kompaniyalar yetkazib berish parametrlarini mustaqil belgilash, kuryerlarning joylashuvini real vaqtda kuzatish hamda dolzarb hisobotlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu xizmatdan avval Toshkentlik tadbirkorlar foydalanishni boshlagan boʻlib, ular orasida 200 dan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar va kompaniyalar bor. Ular qatorida Oqtepa Lavash, Asaxiy marketpleysi va boshqalar mavjud.
Xizmatdan Yandex Go ilovasi, veb-interfeys yoki API orqali integratsiya yoʻlida foydalanish mumkin. Servisda turli tipdagi yetkazib berish variantlari mavjud: kichik joʻnatmalarni piyoda kuryer yetkazsa, katta va ogʻir yuklar uchun mos transport vositasi yuboriladi.
Xizmatdan foydalanish uchun saytida roʻyxatdan oʻtish lozim.
Yandex Go platformasida tadbirkorlar “Doʻkonlar” va “Restoranlar” boʻlimlari orqali taomlar, oziq-ovqat va boshqa tovarlarni ham sotishni tashkil etishlari mumkin. Bu Yandex Yeda xizmati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.