Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Iqtisod 03/06/2025 Yandex Go Navoiy shahrida restoranlardan taom yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Yandex Go Navoiy shahrida restoranlardan taom yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Endi Navoiy shahrida Yandex Go ilovasi orqali restoranlardan tayyor taomlar buyurtma qilib, uyga yoki ishxonaga yetkazib berishni buyurtma qilish mumkin.

Xizmatga allaqachon respublika miqyosida mashhur bo‘lgan EVOS va Safia tarmoqlari, shuningdek, mahalliy restoran va kafe-lar — Master Kebab, Muyana, Sami Baba, Izmir, Sushi House, Grand Pizza, Lusso, Bek va boshqalar qo‘shilgan. Hamkorlar ro‘yxati kelgusida yanada kengayadi.

Buyurtmani Yandex Go ilovasidagi “Taomlar” bo‘limi orqali rasmiylashtirish mumkin. Taomlar o‘rtacha 30 daqiqada manzilga yetkaziladi. Yetkazib berish muddatini qisqartirishga xizmat algoritmlari yordam beradi: ular restoranlar joylashuvini tahlil qilib, kuryerlar uchun eng maqbul yo‘nalishlarni tuzadi.

Buyurtmaning holati va kuryer joylashuvi ilova orqali real vaqt rejimida kuzatib boriladi. Kuryerlar buyurtmalarni masofa va ko‘chalardagi tirbandlikka qarab, piyoda yoki avtomobilda yetkazib beradi.

Yangi foydalanuvchilar uchun ilk uchta buyurtmada 25 000 so‘mlik chegirma amal qiladi. Chegirmani faollashtirish uchun buyurtmani to‘lashdan oldin GO25 promokodini kiritish kerak. Shuningdek, Navoiy aholisi uchun yetkazib berish xizmati hozircha bepul.

Yandex Go O‘zbekistonda taom yetkazib berish hududini kengaytirishda davom etmoqda — bu xizmat hozirda mamlakatning 14 ta shahrida faoliyat yuritmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling