Xususiy shaxsdan musodara qilingan noyob hayvonlar Toshkent hayvonot bog‘iga o‘tkazildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 16-may kuni Ekologiya vazirligi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda xususiy shaxsdan musodara qilib, kamyob hayvonlarni Toshkent hayvonot bog‘iga topshirgan edi. Ular orasida taxminan ikki oylik Amur yo‘lbarsi va 7 ta piton bor.
Hozirda barcha hayvonlar veterinarlarning nazorati ostida. Ularning holati qoniqarsiz deb baholanmoqda. Yo‘lbars moslashuv davrini boshdan kechiryapti. Unga qulaylik hamda xavfsizlik yaratish uchun bor kuchimizni sarflayapmiz.
Amur yo‘lbarsi —muhofaza ostidagi yo‘qolib borayotgan tur hisoblanadi. Bunday hayvonlarni xususiy sharoitda boqish nafaqat xavfli, balki qonunga ziddir.