Xizmatlar sohasi rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
Prezidentning 2022 yil 27 yanvardagi PQ–104-son qarorida nazarda tutilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
2025 yilda quyidagi miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltiriladi:
- xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 67,4 trillion so‘m;
- xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun developerlar orqali tadbirkorlik subyektlariga noturar joylarni lizingga berishga 4,5 trillion so‘m.
Hududlarda 2025 yilda quyidagi 652 ta drayver loyihalarni infratuzilma bilan taʼminlash uchun 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi:
Yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi hamda ular ushbu faoliyat bilan litsenziya varaqasi asosida shug‘ullanishi belgilanadi.
2025 yil 1 apreldan soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida belgilangan soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda quyidagi tartib joriy etiladi:
- birinchi marta ogohlantirish;
- ogohlantirishdan so‘ng 3 kun muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishga asos bo‘lishi;
- sayyor soliq tekshiruvini 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshirishga ruxsat etish;
- sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun asos bo‘lib hisoblanishi.