Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston 05/02/2025 Xasanov Sharifbek Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi

Xasanov Sharifbek Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Hasanov Sharifbek Shamsiddinovich Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagiChiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.

Sharifbek Hasanov 1990-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan.

2013-yilda Buyuk Britaniyaning Kardiff metropolitan universiteti (bakalavr) hamda 2015-yilda Surrey universiteti (magistr)ni tamomlagan.

Tayinlovgacha Sharifbek Hasanov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida, Vazirlar Mahkamasida va turli davlat idoralarida faoliyat yuritgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling