Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 12/02/2025 Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari bilan iqtisodiy sohalarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari bilan iqtisodiy sohalarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 11-fevral kuni Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori Behzod Musayev, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosarlari Axadbek Xaydarov, Otabek Fozilkarimov, Umid Abidxadjayev, Ilhomjon Umrzakov hamda boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida mehmonlar tomonidan mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar hamda istiqboldagi rejalar va oldinga qo‘yilgan maqsadlar yuqori baholandi.

Muloqot davomida tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish, soliq boshqaruvi sohasini takomillashtirish, pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish, inson kapitalini oshirish va demografik dividenddan samarali foydalanish hamda hududlarni samarali va barqaror rivojlantirishda Yevropaning ilg‘or tajribalaridan keng foydalanish yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar yashil iqtisodiyotni rag‘batlantirish va yashil transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, zamonaviy va yashil texnologiyalar asosida barqaror issiqlik ta’minoti tizimini shakllantirish hamda energiya samaradorlikni oshirish, migratsiya bilan bog‘liq iqtisodiy salohiyatni rivojlantirishda hamkorlik yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlashga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling