Valyuta kurslari 25/06/2025
$1 – 12456.25
UZS – 0,36%
€1 – 14461.71
UZS – 1,57%
₽1 – 158.36
UZS – -0,01%
Qidirish
Iqtisod 06/03/2025 Wizz Air O‘zbekistonga qatnovchi reyslarda o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishni joriy qiladi

Wizz Air O‘zbekistonga qatnovchi reyslarda o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishni joriy qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Wizz Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga amalga oshiriladigan reyslarda o‘zbek tilida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi.

Havo transportida xavfsizlik qoidalari hamda maʼlumotlar barcha yo‘lovchilar uchun aniq va tushunarli berilishi muhim. Uchish davrida xavfsizlik qoidalari haqidagi maʼlumotlar xorijiy tilda berilishi yo‘lovchilarni tushunmovchilik va yoki qiyinchilikka olib kelishi mumkin.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi R.Kusherbayevning “Samarqand-Abu-Dabi” yo‘nalishi bilan Wizz Air aviakompaniyasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlardan foydalanganda aynan shunday muammoga duch kelgani yuzasidan qoldirgan murojaatini ko‘rib chiqdi.

Raqobat qo‘mitasining olib borgan o‘rganishlarida murojaatchining uchish davrida aviakompaniyaning ekipaj aʼzolari tomonidan xorijiy tilda xavfsizlik qoidalari haqida maʼlumot berilgani, bu qoidalarni o‘zbek va rus tillarida tushuntirib berishlari so‘ralganida xodim tomonidan unga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lingan, bortni tark etishni talab qilingan va shu tarzda fuqaro mazkur reysda Abu-Dabiga yetib borgani maʼlum bo‘ldi.

Qo‘mita tomonidan Transport vazirligiga o‘rganishlar yuzasidan so‘rov xati yuborildi. Natijada o‘zboshimchalik bilan xatti-harakatlarni amalga oshirgan mazkur aviakompaniya xodimlariga nisbatan chora ko‘rildi. Yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishda yuzaga kelgan kamchilik va xatolarni bartaraf etish maqsadida ekipaj aʼzolariga parvozlar xavfsizligini taʼminlash, muomala madaniyati, har bir mamlakatning parvozga aloqador qonunlari va tartib-taomillari hamda aviayo‘lovchilarni hurmat qilish bo‘yicha trening kurslari yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, aviakompaniya 2025 yilda O‘zbekistonga xizmat ko‘rsatuvchi har bir havo kemasida bort kuzatuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi personallar o‘zbek tilida faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yilishi taʼminlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling