Wildberries & Russ kompaniyasining “O’sish platformasi» O’zbekistondagi biznes uchun ochildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Wildberries & Russ kompaniyasining tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan “O’sish platformasi” birinichi bor xalqaro darajaga ko’tarildi va O’zbekistondagi biznes uchun ochiq deb e’lon qilindi.
“O’sish platformasi”ning ishga tushishi haqida RWB (Wildberries & Russ birlashgan kompaniyasi) bosh ijrochi direktori Robert Mirzoyan Toshkent xalqaro iqtisodiy forum davomida e’lon qildi.
“O’sish platformasi” O’zbekistonda kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash va masshtablashtirishning tizimli mexanizmi sifatida xizmat qiladi. Bizning dastur tadbirkorlarning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochadi va jumladan, ularga xalqaro bozorlarga chiqish va o’z mahsulotlarini eksport qilish mexanizmlarini taklif etadi. So’ngi ikki yilda, O’zbekiston tadbirkorlarining Wildberries platformasidagi sotish hajmi $1 milliarddan oshdi va bu hali boshlanishi. Aminmizki, “O’sish platformasi” O’zbekiston kompaniyalariga rivojlanishning yangi darajasiga erishishga yordam beradi,” deb ta’kidladi Robert Mirzoyan.
O’zbekistonda ist’emol tovarlari, jumladan kiyim-kechak, maishiy to’qimachilik mahsulotlari, poyabzal, sumkalar, kosmetika, shuningdek maishiy kimyo va texnika ishlab chiqaruvchilari allaqachon ushbu dasturga a’zo bo’ldilar. Birinchi bosqichda Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida ushbu dasturda ishtirok etishi tavsiya etilgan 100 ga yaqin oʻzbekistonlik tadbirkorlar “Oʻsish platformasi” imkoniyatlaridan foydalanadi. Kelgusida O‘zbekistonda “O‘sish platformasi”da ishtirok etish uchun yangi kompaniyalarni jalb etish rejalashtirilmoqda.
Dastur tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashning bir qator yo’nalishlarini qamrab olgan. Jumladan, ularga Wildberries platformasida sotish bo’yicha treninglar, kompaniya rivojlanishi yo’lida hamkorlik, marketpleysdagi faoliyatning barcha bosqichlarida qo'llab-quvvatlash va mahsulotlarni ilgari surishda yordam berish, shuningdek Wildberries & Russ kompaniyasining onlayn va oflayn kanallararo vositalari, shu jumladan, eng qulay kanal hisoblangan tashqi reklamadan foydalanish imkoniyatlari kiradi. Oʻzbekistonlik tadbirkorlar uchun Rossiyaning 150 dan ortiq shaharlarida 150000 dan ortiq reklama maydonchalari taqdim etiladi, bu esa milliy brendlarning xorijdagi obroʻsini mustahkamlaydi va eksportga qoʻshimcha turtki beradi.
“O’sish platformasi” Wildberries & Russ birlashgan kompaniyasi tomonidan Strategik tashabbuslar agentligi (STA) ko’magida 2024 yilning dekabr oyida ishga tushirilgan va allaqachon o’zini Rossiyada namoyon qilib ulgurdi. 2024 yil oxiridan buyon unga 300 dan ortiq Rossiyaning kichik va o'rta biznes kompaniyalari a’zo bo’ishgan.
Dastur doirasida taklif etilgan treninglar, maslahatlar va qo'llab-quvvatlash tufayli ishtirokchi kompaniyalar dastlabki bir necha oy ichida Wildberries platformasida o'z brendlarini sotish hajmini o'tgan yilga nisbatan 60 foizdan ko’proqqa oshirishga erishdilar.