Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 16/02/2025 Vyetnamlik investorlar O‘zbekistondagi infratuzilma loyihalari istiqbollarini o‘rganmoqda

Vyetnamlik investorlar O‘zbekistondagi infratuzilma loyihalari istiqbollarini o‘rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Infratuzilmaviy rivojlanish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov boshchiligidagi ishchi guruh Vyetnam kompaniyalari mutaxassislarining mamlakatimiz hududlariga tashrifini tashkil etdi.

Respublika viloyatlariga amalga oshirilgan tashrif davomida istiqbolli lokatsiyalar oʻrganildi hamda innovatsion yechimlar va yetakchi xorijiy tajribani jalb qilgan holda investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif yakunlari bo'yicha tegishli bitim va shartnomalar imzolashga hamda O'zbekistonda xorijiy kompaniyalarning vakolatxonalarini ochishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling