Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Vladivostokda turizm va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Vladivostokda Primore o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyati, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish va hududlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Vladivostokda “Rossiyada O‘zbekiston turizmi yili” doirasida bo‘lib o‘tgan xokkey o‘yinida O‘zbekiston delegatsiyasi respublikaning turizm salohiyatini namoyish etgan edi.