Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Vengriya Markaziy banki O‘zbekistonning to‘lov tizimlari tajribasini o‘rganmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bankda Vengriya Markaziy banki delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda to‘lov tizimlari va raqamli moliyaviy infratuzilmalarning rivojlanish jarayoni bilan yaqindan tanishish hamda tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv chog‘ida moliyaviy ommaboplik, kiberxavfsizlik, innovatsion to‘lov yechimlari va xususiy sektor ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.
Shuningdek, mehmonlar bir qator mahalliy banklar va to'lov tashkilotlariga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.