Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
"UZUM MARKET" MCHJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida eʼtirof etildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 1 maydagi 256 sonli qarori 2 ilovasi bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeini va ustun muzokara kuchini eʼtirof etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda raqamli platforma operatorining ustun mavqega ega deb eʼtirof etishning mezonlari belgilangan.
Ushbu Qarorga muvofiq, Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan elektron savdo maydonchalari (marketpleyslar) bozorida "UZUM MARKET" MCHJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida eʼtirof etildi.