Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Texnologiyalar 27/04/2025 Uzcosmos: “Space Technology Conference - 2026” O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Uzcosmos: “Space Technology Conference - 2026” O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24 – 25 aprel kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida jahon kosmik bozorida o‘z nufuziga ega bo‘lib borayotgan “Space Technology Conference - 2025” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Uzcosmos vakillari faol ishtirok etib, o‘z taqdimot va maxsus stendlari bilan qatnashishdi.

Yaqin Sharq, Yevropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Afrika kabi mintaqalardan tashrif buyurgan yirik kompaniya va agentliklar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xalqaro anjuman yakunlari bo‘yicha “Space Technology Conference-2026” tadbiriga rasman O‘zbekiston mezbonlik qilishi belgilandi va bu bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling